Ushbu sayt test rejimida ishlamoqda
Logo
Yashil Tadbirkor
Yashil iqtisodiyot sari birgalikda
Tizimga kirish
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi
milliy qo‘mitasi

Yashil Tadbirkor
Platformasi

Ekologik tadbirkorlikni rivojlantirish va yashil iqtisodiyot sari birgalikda harakat qilish uchun rasmiy davlat platformasi

Ekologik faollik
2025 yil natijalari
+24%
Korxonalar
1,248
Daraxtlar
42K+
Yashil maqom
386
Eko-faol tadbirkorlar
+
Yangi sertifikat berildi
AgroFarm LLC ekologik sertifikat oldi
2 soat oldin
Davlat platformasi
1,248+ korxona
Rasmiy sertifikatlar
Nazorat va Xisobotlar
0
Ishtirokchi korxonalar
0
"Yashil tadbirkor" maqomi
0
Ekilgan daraxtlar
0
Ekologik sertifikatlar
Yangiliklar

So'nggi yangiliklar

Platformadagi muhim voqealar va ekologik tadbirkorlik sohasidagi dolzarb yangiliklar

Yangiliklar yuklanmoqda...
Me'zonlar

Yashil Tadbirkor bo'lish uchun me'zonlar

Ekologik tadbirkorlik maqomini olish uchun quyidagi me'zonlarga rioya qilish zarur

Ko'kalamzorlashtirish

  • Yashil belbog'lar yaratish
  • Sug'orish tizimlarini o'rnatish
  • Tomchilab, yomg'irlatib va konteynerli (qopli) sug'orish tizimini joriy qilish

Energiya tejamkorligi va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish

  • Energiya tejovchi uskunalar va texnologiyalarni joriy qilish
  • Yorug'lik diodli (LED) lampalar va energiya samarador qurilmalar
  • Quyosh panellari va shamol trubinalarini joriy qilish
  • Bino-inshootlarda tabiiy yorug'likdan keng foydalanish
  • Suv tejovchi qurilmalar va texnologiyalarni joriy etish
  • Oqava suvlarini tozalash va qayta foydalanish

Chiqindilarni boshqarish (Zero Waste)

Aylanma iqtisodiyot siklini joriy qilish (7R tamoili)
  • Reduce: Chiqindisiz, kam chiqindili texnologiyalardan foydalanish
  • Rethink: Qoplama va o'ramdan foydalanishni qisqartirish
  • Repair: Mahsulotni ta'mirlab, qayta ishlatish imkoniyatini yaratish
  • Refuse: Ko'p marotabali ishlatiladigan tara va qoplamalar
  • Recycle: Ishlab chiqarishdagi chiqindilardan qayta foydalanish
  • Repurpose: Qayta ishlangan mahsulotlardan keng foydalanish

Korxonaning atrof-muhitga ta'sirini kamaytirish

  • Ekologik huquqbuzarlik sodir etmaganligi
  • Ozon qatlamini buzuvchi va "issiqxona" gazlari texnologiyalarini cheklash
  • Atmosfera havosiga tashlamalarni kamaytirish uchun filtr o'rnatish
  • Atmosferaga tashlamalarni onlayn monitoring qilish tizimi
  • Korxonada ESG (ekologik, ijtimoiy va boshqaruv) tizimini joriy qilish
  • Ekologik sertifikat va yashil markirovkalashga ega ekanligi
  • Elektr energiyasida harakatlanuvchi transport vositalaridan foydalanish
Imtiyozlar

Yashil Tadbirkorlar uchun imtiyozlar

Ekologik tadbirkorlik maqomini olgan korxonalar uchun davlat tomonidan beriladigan afzalliklar va qo'llab-quvvatlash choralari

Shaffof qurilish platformasida afzallik
Yashil tadbirkorlarga "Shaffof qurilish" platformasida afzallik berish
Ekologik tekshiruvlardan ozod qilish
Yashil tadbirkor maqomiga ega korxonalarga bir muddat ekologik tekshiruvlar o'tkazilmaslik
Import-eksport bojlarini kamaytirish
Import-eksport bojlarini kamaytirish, xalqaro savdo ko'rgazmalarida qatnashish uchun moliyaviy qo'llab-quvvatlash
Ekologik toza mahsulot reklamasi
Mahsulot va xizmatlarni "Ekologik toza mahsulot" sifatida reklama qilinishini qo'llab-quvvatlash
Yashil startaplarni qo'llab-quvvatlash
Yashil startaplar va innovatsiyalarni qo'llab-quvvatlash uchun ixtisoslashtirilgan moliyalashtirish dasturlari
Xalqaro bozorlarga chiqish
Yashil tadbirkorlarga mahsulotlarni xalqaro bozorlarga chiqish uchun qo'llab-quvvatlash
Davlat mukofotlari
20 avgust – Tadbirkorlar kuni arafasida davlat mukofotlari hamda "Tabiat himoyachisi" ko'krak nishoni
Xizmat ko'rsatgan ekolog unvoni
Yashil tadbirkor maqomini olgan tadbirkorlarga "O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan ekolog" unvoni uchun tavsiyalar
Vositalar

Onlayn kalkulyatorlar

Ekologik loyihalaringizni hisoblang, rejalashtiring va moliyaviy samaradorlikni baholang

Quyosh panellari

Quyosh energiya tizimlarini o'rnatishdan oladigan foyda va energiya tejashni hisoblang. Investitsiya qaytish muddatini aniqlang.

Hisoblashni boshlash
Kompensatsiya to'lovlari

Atrof-muhitga yetkazilgan zarar uchun to'lanadigan kompensatsiya miqdorini aniqlang. Ekologiya fondi asosida.

Hisoblashni boshlash
Boshqa kalkulyatorlar

Qo'shimcha ekologik kalkulyatorlar va tahlil vositalari tez orada platformaga qo'shiladi. Takliflaringizni kutamiz.

Tez orada
Mobil ilovalar

Mobil ilovalarni yuklab oling

"Yashil tadbirkor" mobil ilovasi orqali platformaning barcha imkoniyatlaridan istalgan joyda foydalaning. Ekologik faoliyatingizni real vaqt rejimida kuzatib boring.

Mobil ilova
tez orada chiqadi